Hamkorlik pеdagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishni takomillashtirish masalalari

Опубликовано utn1002 07.09.2016

Ulug‘bek INOYATOV,

pedagogika fanlari doktori, professor

Qudratjon INOQOV,

                             O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi davrida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va tub islohotlar, albatta, hayotning o‘zi taqozo qilgan u yoki bu muammolar va masalalar bilan to‘qnashadi. Bu – qonuniy va tabiiy rivojlanish jarayoni. Shu bois, ta’limining barcha bosqichlaridagi boshqaruvchilarning vazifasi – mazkur muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va shu orqali butun tizimning rivojlanishini ta’minlashdan iborat.

Bugungi o‘zgarishlar davrida jamiyatimiz hayotida murakkab, lekin davr taqozo qilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatda, iqtisodiyotda, umuman, hayotimizning barcha jabhalaridagi bunday olamshumul o‘zgarishlarning amalga oshirilishi o‘zimizning ham o‘zgarishimizni, ya’ni o‘zligimizni anglashni talab qiladi. Bu masala oldimizga qo‘yilgan vazifalarning eng murakkabi desak, adashmaymiz. Читать полностью »

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv fanlarini o‘qitishda tayanch kompеtеnsiyalarni shakllantirish masalalari

Опубликовано utn1002 07.09.2016

Baxtiyor DANIYAROV,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng barcha sohalar kabi ta’limda ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosini ta’minlash borasida ta’limning barcha bosqichlari uchun Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari yaratildi. Katta kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim muassasalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasi barpo etildi. O‘quvchilarni darslik bilan ta’minlashning ijara tizimi ishga tushirilib, maktab yoshidagi bolalarning barchasi darsliklarga ega bo‘lishdi.

Zamon taraqqiy etgan va o‘zgargan sari o‘zining talablarini ham har bir sohaga qo‘yib bormoqda. Mazkur o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z ishini qayta tayyorlay oladigan, yangiliklarni o‘z hayotiga joriy qila oladigan kompetent pedagog-o‘qituvchini tarbiyalash va tayyorlash vazifasi xalq ta’limi tizimida ustuvor maqsadga aylangan. Shunga ko‘ra, amaliyotda qo‘llanilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslangan Davlat ta’lim standartlarini ham kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ildi. Читать полностью »

Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning kontseptual asoslari

Опубликовано utn1002 07.09.2016

Ulug‘bek INOYATOV,

pedagogika fanlari doktori, professor,

Bekzod XODJAYЕV,

Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti.

Ma’lumki, 2012-yilning 17-fevralida poytaxtimizda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda ko‘plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rgandilar. Haqiqatan ham, yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lib, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati – o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Читать полностью »

Ta`lim sifati va uni boshqarish

Опубликовано utn1002 07.09.2016

Maqsudjon YULDASHEV,

T.N. Qori Niyoziy nomidagi

O‘zPFITI mustaqil-izlanuvchisi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, iqtisodiyotning innovatsion yo‘nalishda shakllantirilishi, jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi ta’lim tizimi oldiga dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan sifatli mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo‘yadi. Sifatli mutaxassisni tayyorlash esa faqatgina sifatli ta’lim muhitida amalga oshirilishi mumkin.

Ta’lim sifati har qanday davlatning muvafaqqiyatli rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sifati bilan belgilanuvchi intellektual salohiyat jamiyat farovonligining muhim omiliga aylanmoqda.

“Sifat” tushunchasi turlicha, ba’zan bir-biriga zid ma’noda talqin qilinadi. Pedagogika fanida u: bir predmet yoki hodisani boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xususiyatlar, o‘ziga xosliklar; shuningdek u yoki bu xususiyat, qadr, yaroqlilik darajasi, ma’naviy-ahloqiy kategoriya yoki sof iqtisodiy tushuncha kabi talqin etiladi. Ba’zi olim va amaliyotchilar uni ta’lim tizimining o‘zlashtirish sifatiga erishishga intilishi; boshqalar o‘qitish va tarbiyalashning sifati, uchinchilar, shaxs iqtidori rivojlanish darajasining oshishi; to‘rtinchilar, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan umumiy o‘rta ta’lim va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari sonining ko‘payishi; beshinchilar oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga tayyorgarligi darajasini tushunadilar. Читать полностью »

Pedagog kadrlarni strategik maqsadlar asosida tayyorlash va malakasini oshirish omillari

Опубликовано aliyor11111 02.07.2015

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogning o‘rni va zamon talabiga mos sifatlarni shakllantirilishidagi muammolar va ularning yechimlari yoritilgan. Shuningdek, muallif o‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishdagi tashqi omillardan tashqari ichki intilish, o‘zini boshqarish, baholash, tahlil qilish va natijalarga ko‘ra ishni rejalashtirish qobiliyatlarini o‘stirish muhim o‘rin tutishini asoslab bergan.

Kalit so‘zlar. Pedagog kadrlar, strategik maqsad,  tashqi va ichki omillar, ichki intilish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini baholash, kasbiy mahoratni oshirish.

В статье рассматривается роль учителя в организации учебно-воспитательного процесса. Также показана необходимость самооценки труда учителя, умения анализировать свою работу, правильно планировать стратегию работы, учитывая внутренние и внешние факторы, добиваясь тем самым высокого уровня профессионального мастерства.

Ключевые слова. Педагогические кадры, стратегическая цель, внутренние и внешние факторы, стремление, самоуправление, самооценка, усовершенствование профессиональных навыков.

 The article deals with the problem of teacher’s place and role in the improvement of educational process. The author describes the role of internal and external factors as well as the importance of inner strive, self-governing, self – assessment in improving professional skills of teachers.

Key words. Рedagogical personnel, strategic aims, internal and external factors, inner strive, self-governing, self – assessment, improving professional skills.

Читать полностью »

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish motivasiyasini shakllantirishning ahamiyati

Опубликовано aliyor11111 02.07.2015

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni kasb-hunarga oid bilim va tushunchalarni shakllantirib, kelgusida o‘zlari yoqtirgan kasbni egallashlariga yo‘naltirilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchilarga kasb-hunarga yo‘naltirish texnologiyasini hamda  mashg‘ulot ishlanmasini tavsiya etgan.

Kalit so‘zlar. Motivatsiya, kasb-hunar, mehnat, tashxis, texnologiya, kuzatuv daftari, oila va maktabgacha  ta’lim  muassasasi.

 В статье  выявлены особенности формирования мотиваций детей дошкольного возраста к профессиям, а также даны схема и методические рекомендации   для развития детей к профессиональной деятельности.

Ключевые слова. Мотивация, профессия, труд, диагностика, личность ребёнка, технология, книга наблюдений, семья и дошкольно образовательное учереждение.

 The article deals with the peculiarities of the formation of motivation in infant children to professions. The author gives the scheme and a model of synopsis of lessons for the development of children’s interest to professions.

Key words. Рrofession, motivation, diagnostics, technology, observation book, family and pre-school education, child personality.

Читать полностью »

Ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni interaktiv va noan’anaviy metodlar asosida tashkil etish

Опубликовано aliyor11111 02.07.2015

Maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlaridan foydalanishni tavsiya etgan.

  Kalit so‘zlar. Pedagogik texnologiya, interaktiv metod, qobiliyat, uslub, topqirlik, ijodkorlik.

В  статье речь идёт об интерактивных методах обучения на уроках родного языка. Автор отмечает, что использование интерактивных методов на уроках родного языка существенно повышает их качество. Также предлагает нетрадиционные методы сосредоточения внимания у учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова. Педагогические технологии, интерактивные методы, способность, находчивость, творческая деятельность.

The article deals with interactive teaching approaches in mother tongue lessons. On the basis of concrete examples the author states that applying interactive methods in mother tongue lessons significantly improves the quality and offers non-traditional methods focused on elementary school children.

 Key words. Educational technology, interactive methods, ability, resourcefulness, creative work. Читать полностью »


Copyright © 2007 "Xalq ta’limi" ilmiy-metodik jurnali rasmiy veb sayti. All rights reserved.